Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari qurilayotgan Darbaza - Maqtaaral liniyasida infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

"Qozog‘iston temir yo‘li" AJ Boshqaruvi raisi Talgat Aldibergenovning "Darbaza - Maktaaral" yo‘nalishida qurilayotgan temir yo‘l liniyasiga xizmat safari doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maqtaaral stansiyasida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv yuk tashish natijalari va chegaraoldi temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning rekord ko‘rsatkichlarini qayd etdilar: 2025-yil so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi yil sifatida qayd etildi, mamlakatlar o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 32,3 million tonnaga yetgani, bu 2024-yilga nisbatan 16 foizga ko‘p ekanligi ta'kidlandi. Bundan tashqari Qozog‘iston eksporti ham yuqori dinamikani namoyish etib, 13 mln tonnani (+8,5%) tashkil etgani, O‘zbekistonga don tashish esa 32 foizga o‘sib, 4,5 mln tonnadan oshgani aytib o`tildi. 

Ijobiy tendensiya 2026-yilda ham saqlanib qolayotganligi: dastlabki ikki oyda tashish hajmi allaqachon 6,6 million tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,5 foizga o‘sganligi ta`kidlandi. 2026-yil yakunlari bo‘yicha tomonlar yuk tashish hajmini yanada oshirishga kelishib olindi. Sariyog‘och tutashuvi bo‘yicha rejalashtirilgan poyezdlar almashinuvi 40 juft poyezdga yetkazish kelishildi. 

Muzokaralar chog‘ida "Maqtaaral - Sirdaryo" davlatlararo o‘tish punktiga chiqadigan yangi "Darboz - Maqtaaral" liniyasini jadal qurish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlari temir yo‘l tutashmalarini rivojlantirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, jumladan, zamonaviy avtoblokirovka va aloqa markazlashtirish tizimlarini joriy etish bo‘yicha ma’lumot almashdilar.

Ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholab, tomonlar mintaqaning tranzit salohiyatini mustahkamlash uchun o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI