“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda korrupsiya va kiberxavfsizlik bo'yicha targ'ibot yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 29-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faollar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi o‘rinbosari J.A.Yuldashev, Ishlarni boshqarish direksiyasi bosh muhandisi B.M.Madaminov hamda Kiberxavfsizlik boshqarmasi texnik-tahlil bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Z.S.Sadikov hamkorligida Ishlarni boshqarish direksiyasi ishchi-xodimlariga “Korrupsiyani oldini olish” va “Axborot xavfsizligini ta’minlashda kiberxavfsizlikning o‘rni” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni ochib bergan mas’ullar bugungi kunda korrupsiya va kibertahdidlar jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘layotgan global muammolardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.A.Yuldashev so‘zga chiqib, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti kushandasi ekanligi, korrupsiyani baratarf etish yo‘llari va bunda yoshlar dunyoqarashi va ongini to‘g‘ri yo‘naltirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari xaqida gapirib o‘tdi. Shu bilan birga Kiberxavfsizlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kibertahdidlar turi va ko‘lami kengayib borayotganligi, fishing, zararli dasturlar, hakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash kabi holatlar ko‘payganligi, bu esa nafaqat alohida fuqarolar, balki davlat tashkilotlari va xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotganligi borasida ma’lumotlar berildi.

Targ‘ibot yig‘ilishi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi tadbirlar sohada shaffoflikni ta’minlash, axborot xavfsizligini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashishda umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI