“O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingida navbatdagi boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 1-may kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingida navbatdagi boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning I choragi yakunlari hamda II chorakka mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2026-yil I choragida poyezdlar harakati xavfsizligi qoidalari buzilishi holatlari tahlil qilinib, mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni yaxshilash, yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va tashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Yig‘ilish davomida rejalashtirilgan vazifalar ko‘rib chiqilib, raqamlashtirish jarayonlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Yig‘ilish yakunida moliya-iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlar eshitildi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI