Ichki ishlar vazirligi xodimlari O‘zbekiston temir yo‘llari tizimi bilan tanishdi

Ichki ishlar vazirligi xodimlari O‘zbekiston temir yo‘llari tizimi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Tashkiliy muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik M.Musayev boshchiligidagi xodimlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga jamiyatda joriy etilgan axborot tizimlari va raqamli yechimlar, ularning ishlash jarayonlari hamda temir yo‘l sohasida boshqaruv va nazoratni raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tegishli tizimlari va situasion markazlari faoliyati bilan tanishib, ularning transport jarayonlarini monitoring qilish, ma’lumotlarni tahlil etish va tezkor boshqaruvni ta’minlashdagi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Tashrif yakunida tomonlar transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI