Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi

Joriy yilning 29-sentabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi Xalqaro hamkorlik bo'yicha bosh direktorati Osiyo, Markaziy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq mamlakatlari bo'yicha direktori Peteris Ustubs va Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni sarhisob qilib, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda temir yo‘l tarmog‘ining muhim o‘rnini ta’kidladilar. Shuningdek, mamlakatimizdagi istiqbolli transport loyihalari, Transkaspiy yo‘lagining o‘tkazuvchanligini oshirish va xalqaro moliya institutlari ko‘magida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilib, hamkorlikni tizimli davom ettirishga kelishildi.

Ushbu amaliy muloqotlarning davomi sifatida 30-sentabr kuni Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Yevropa Komissiyasi va xalqaro moliya tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov ma’ruza bilan qatnashib, mamlakatimizning tranzit salohiyati hamda infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirlar mintaqada barqaror va xavfsiz logistika zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI