TEMIR YO‘L SOHASIDA SAMARADORLIK, RAQAMLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK — E’TIBOR MARKAZIDA

Joriy yilning 21-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayev Qarshi vagon deposi hamda Qarshi lokomotiv deposida bo‘lib, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnik holat va ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida vagon va lokomotivlarni ta’mirlash sexlaridagi ish jarayonlari, ta’mirlash uchun tayyorlangan mexanizmlar, zamonaviy texnik vositalar hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan texnologik talablar va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.

Raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tizimlardan samarali foydalanish hamda boshqaruv jarayonlarida raqamli yechimlarni keng joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari ham alohida nazoratdan o‘tkazildi. Ish joylarida xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish hamda ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor berildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mavjud texnik imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ta’mirlash sifatini yanada oshirish, ehtiyot qismlar va mexanizmlarning tayyorlik darajasini ta’minlash hamda korxonalarning umumiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI