Auditorlik xizmatlarini xarid qilish uchun tender o‘tkazilishi to‘g‘risida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023–2024 yillar uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq, XMHS ni ilk bor qo‘llash doirasida tayyorlangan konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlari (XAS) asosida tekshirish bo‘yicha auditorlik xizmatlarini xarid qilish uchun tender o‘tkazilishi to‘g‘risida

E’LON

MAHSULOTNING TAVSIFI VA NARXI

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023–2024 yillar uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq, XMHSni ilk bor qo‘llash doirasida tayyorlangan konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlari (XAS) asosida tekshirish bo‘yicha auditorlik xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha tender e'lon qiladi.

Xarid qilinadigan xizmatlarning boshlang'ich narxi tanlov hujjatining narx qismida ko'rsatilgan.

Moliyalashtirish manbai - "O'zbekiston temir yo'llari" AJning o'z mablag'lari.

TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR

Mazkur tenderda faqat “Katta to‘rtlik” tarkibiga kiradigan xalqaro auditorlik kompaniyalari (yuridik shaxslar) ishtirok etishi mumkin. Bu mezon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ–329-sonli qarori (“Temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) hamda 2024 yil 31 dekabrdagi F–70-sonli farmoyishiga (“Temir yo‘l sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risida”) muvofiq belgilangan.

BUYURTMACHI VA LOTLAR HAQIDA MA’LUMOT

Buyurtmachi nomi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ.

STIR (ИНН): 201 051 951.

Buyurtmachi manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’ch,7. «O’zbekiston temir yo’llari» АJ

Boshlanish sanasi: 30.07.2025y.

Tugatilish sanasi: 15.08.2025y.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni: 15.08.2025y. soat 18-13 gacha (Toshkent shahri vaqti bilan).

Takliflarni taqdim etish manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’ch. 7, Xarid jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi, «O’zbekiston temir yo’llari» АJ.

Aloqa bo’limi: xarid jarayonlarini tashkillashtirish bo’limi,

Tel: +998 71 237 94 93; +998 71 237 94 72.

e-mail: nх.z@uzrailway.uz

Xohlagan korxonalar harid hujjatlarini maxsus axborot portalida
(
https://etender.uzex.uz/lot/444214) yuklab olishlari yoki Buyurtmachiga yozma ravishda murojaat qilish orqali elektron shaklda olishlari mumkin (xat tashkilot/korxona varaqasida bo'lishi kerak va skanerlangan nusxa yuqoridagi elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin).

Lot raqami

Nomi

444214

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023–2024 yillar uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq, XMHSni ilk bor qo‘llash doirasida tayyorlangan konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlari (XAS) asosida tekshirish bo‘yicha auditorlik xizmati


Faylni yuklab olish
doc

Дополнительная навигация по сайту