TAKLIFLAR TAQDIM ETISH UCHUN E’LON “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan

TAKLIFLAR TAQDIM ETISH UCHUN E’LON

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan

Xarid predmeti: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalarida 2024–2025-yillar uchun xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi F-70-sonli “Temir yo‘l sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi.

Tijorat takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 11-mart, soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan).

1. O‘zbekiston temir yo‘llari ” AJ (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) auditorlik va konsalting kompaniyalarini xarid faoliyati bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan muhrlangan elektron yoki konvert shaklidagi tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi.

Takliflar mazkur hujjat talablariga javob beruvchi barcha manfaatdor ishtirokchilar uchun ochiqdir.

2. Xizmat ko‘rsatish maqsadi

Xarid faoliyati bo‘yicha kompleks forenzik-audit o‘tkazishdan maqsad:

  • korrupsiya va boshqa xavflarni aniqlash;
  • manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini aniqlash;
  • xarid jarayonining samaradorligi va shaffofligini baholash;
  • O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi
    O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligini tekshirish;
  • nazorat muhitini takomillashtirish va xarid jarayonini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Xizmatlarning asosiy hajmi

Ijrochi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  • ichki normativ hujjatlar va tartib-taomillarni tahlil qilish;
  • suhbatlar o‘tkazish va amaldagi jarayon (As Is) sxemalarini tayyorlash;
  • xarid funksiyasining KPI tizimini tahlil qilish;
  • xarid jarayonining avtomatlashtirish darajasini baholash;
  • xarid faoliyati bosqichlarini kompleks (skvoz) tahlil qilish;
  • 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha tuzilgan shartnomalarni riskga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tanlab tahlil qilish (100 tagacha shartnoma);
  • yetkazib beruvchilarning affillanganligini tekshirish;
  • amaliy tavsiyalar va yo‘l xaritasini ishlab chiqish.

4. To‘lov shartlari

Rezidentlar uchun:

  • shartnoma summasining 15% gacha oldindan to‘lov;
  • yakuniy hisob-kitob bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng.

Norezidentlar uchun:

  • qaytarib olinmaydigan hujjatli akkreditiv yoki tomonlar kelishuviga muvofiq boshqa hisob-kitob shakllari.

5. To‘lov valyutasi

  • rezidentlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi (so‘m);
  • norezidentlar uchun — AQSh dollari, Yevro, Rossiya rubli.

6. Xizmat ko‘rsatish muddati

Ishlarni bajarish muddati — shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.

7. Xizmat ko‘rsatish joyi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy apparati O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T. Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

8. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

Ishtirokchilar:

  • xalqaro auditorlik va/yoki konsalting tarmog‘iga kirgan bo‘lishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish uchun amaldagi litsenziyaga ega bo‘lishi;
  • kasbiy javobgarlik sug‘urtasiga ega bo‘lishi;
  • so‘nggi 5 yil ichida kamida 5 ta forenzik loyiha tajribasiga ega bo‘lishi;
  • “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq bo‘lishi;
  • bankrotlik jarayonida bo‘lmasligi;
  • soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;
  • insofsiz ijrochilar reyestrida mavjud bo‘lmasligi;
  • ishtirokchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xalqaro sanksiyalar ta’sirida bo‘lmasligi;
  • texnik topshiriqda ko‘rsatilgan barcha talablarni bajarishi lozim.

Loyiha rahbari kamida 10 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda CFE, CIA kabi xalqaro sertifikat yoki MBA darajasiga ega bo‘lishi kerak.

9. Takliflarni taqdim etish tartibi

Texnik topshiriqni ishtirokchilar quyida yuklab olishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilinadi:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston, Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi, 7
tel: +998 (71) 237-94-93, +998 (71) 238-80-81
E-mail: nx.z@uzrailway.uz, nx@uzrailway.uz

Takliflar quyidagi manzilga taqdim etiladi: O‘zbekiston, Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi, 7 yoki elektron pochta orqali: nx.z@uzrailway.uz

Tijorat taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • texnik taklif;
  • kalendar reja;
  • loyiha jamoasi tarkibi;
  • tasdiqlovchi hujjatlar;
  • moliyaviy taklif.

10. Xizmat ko‘rsatish natijalari

Xizmatlar yakuni bo‘yicha Ijrochi quyidagilarni taqdim etadi:

  • yakuniy analitik hisobot;
  • risk va nazoratlar matritsasi;
  • xarid jarayonining blok-sxemasi;
  • tavsiyalar va yo‘l xaritasi;
  • ichki normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar.

Hisobot rus va o‘zbek tillarida MS PowerPoint (PDF) formatida taqdim etiladi.

 

Дополнительная навигация по сайту