“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan

TAKLIFLAR TAQDIM ETISH UCHUN E’LON

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda xarid jarayonlari bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan

Xarid predmeti: Xarid predmeti: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va uning tarkibiy bo‘linmalarida 2024–2025-yillar davomida amalga oshirilgan xarid jarayonlari auditini (forenzik-tahlil) o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Loyihani amalga oshirish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi F-70-son «Temir yo‘l sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-256-son «Davlat xaridlarida raqobat muhitining shaffofligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar

Tijorat takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 25 - sentabr, soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan).

1. “O‘zbekiston temir yo‘llari ” AJ (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) auditorlik va konsalting kompaniyalarini xarid faoliyati bo‘yicha forenzik-audit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan muhrlangan elektron yoki konvert shaklidagi tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi.

Takliflar mazkur hujjat talablariga javob beruvchi barcha manfaatdor ishtirokchilar uchun ochiqdir.

2. Xizmat ko‘rsatish maqsadi

Xarid faoliyati bo‘yicha kompleks forenzik-audit o‘tkazishdan maqsad:

xarid jarayonlaridagi ehtimoliy zaifliklar, samarasizlik va shaffoflikning yetarli emasligi holatlarini aniqlash;

manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaviy va boshqa xavflarni aniqlash;

xarid faoliyatida amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini baholash;

xarid jarayonining nazorat muhiti va amaldagi nazorat mexanizmlarini baholash;

xarid faoliyatining O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori talablariga muvofiqligini tekshirish;

xarid jarayonlarining samaradorligi, shaffofligi va boshqariluvchanligini oshirish, nazorat muhitini hamda ichki me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish.

3. Xizmatlarning asosiy hajmi

Ijrochi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

xarid faoliyati doirasidagi biznes-jarayonlarni tahlil qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini tekshirish;

Buyurtmachining ichki me’yoriy hujjatlarini tahlil qilish;

xarid jarayonining asosiy ishtirokchilari bilan intervyular o‘tkazish hamda vakolat va javobgarliklarning taqsimlanishini tahlil qilish;

xarid siyosati va tartib-taomillarini qonunchilik hamda ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda tahlil qilish;

belgilangan xavf indikatorlari asosida xaridlarni tanlab, riskka yo‘naltirilgan tahlil qilish, shu jumladan soxta xaridlar, shartnomalarni sun’iy ravishda bo‘lib yuborish va boshqa ehtimoliy suiiste’mollik belgilarini aniqlash;

xarid jarayoni bo‘yicha jamlanma ma’lumotlar, hisobotlar, dinamikalar, tendensiyalar va anomal holatlarni tahlil qilish;

xarid jarayonining avtomatlashtirilganlik darajasi va foydalanilayotgan IT-tizimlarni tahlil qilish;

xarid bo‘linmasining tashkiliy tuzilmasi va amaldagi KPI tizimini tahlil qilish;

yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ishlash tizimini tahlil qilish;

xarid jarayonining ehtiyojni shakllantirishdan tortib shartnomalarni tuzish va ijro etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini kompleks tahlil qilish;

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda tuzilgan shartnomalarni riskka yo‘naltirilgan tanlov asosida tahlil qilish, bunda tanlov hajmi 100 tadan ko‘p bo‘lmagan shartnomani tashkil etishi lozim;

yetkazib beruvchilarning affillanganlik holatini va yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq boshqa xavflarni tekshirish;

xarid hujjatlari, xaridlarning asoslanganligi, narxlarning shakllantirilishi, xarid tartib-taomillarining o‘tkazilishi va shartnomalarning ijro etilishini tahlil qilish;

Buyurtmachi hamda xarid funksiyasini amalga oshiruvchi bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikning samaradorligi va shaffofligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish amaliyotini baholash;

xarid jarayoni va nazorat muhitini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish.

 

4. To‘lov shartlari

Rezidentlar uchun:

  • shartnoma summasining 15% gacha oldindan to‘lov;
  • yakuniy hisob-kitob bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng.

Norezidentlar uchun:

  • qaytarib olinmaydigan hujjatli akkreditiv yoki tomonlar kelishuviga muvofiq boshqa hisob-kitob shakllari.

5. To‘lov valyutasi

  • rezidentlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi (so‘m);
  • norezidentlar uchun — AQSh dollari, Yevro, Rossiya rubli.

6. Xizmat ko‘rsatish muddati

Ishlarni bajarish muddati — shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.

7. Xizmat ko‘rsatish joyi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy apparati O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T. Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

8. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

Ishtirokchilar:

xalqaro auditorlik tashkilotlari yoki assotsiatsiyalaridan biri tarkibiga kirishi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar va litsenziyalarga ega bo‘lishi;

fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sug‘urtalash polisiga ega bo‘lishi;

so‘nggi 3 yil davomida kamida 5 ta forenzik-audit loyihasini amalga oshirgan va muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lishi;

o‘z tashkiliy tuzilmasida forenzik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha alohida bo‘linma yoki yo‘nalishga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘lishi;

soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;

bankrotlik yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lmasligi;

Yagona ishonchsiz ijrochilar reyestrida mavjud bo‘lmasligi;

zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarga ega bo‘lishi;

texnik topshiriqda ko‘rsatilgan barcha talablarni bajarishi lozim.

Loyiha rahbari kamida 10 yillik tegishli tajribaga ega bo‘lishi hamda CFE, CIA yoki ISO 37001 bo‘yicha kamida bitta xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

9. Takliflarni taqdim etish tartibi

Texnik topshiriqni ishtirokchilar quyida yuklab olishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilinadi:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston, Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi, 7
tel: +998 (71) 237-94-93, +998 (71) 238-80-81
E-mail: nx.z@uzrailway.uz, nx@uzrailway.uz

Takliflar quyidagi manzilga taqdim etiladi: O‘zbekiston, Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi, 7 yoki elektron pochta orqali: nx.z@uzrailway.uz

Tijorat taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • texnik taklif;
  • kalendar reja;
  • loyiha jamoasi tarkibi;
  • tasdiqlovchi hujjatlar;
  • moliyaviy taklif.

10. Xizmat ko‘rsatish natijalari

yakuniy tahliliy hisobot;

xavflar va nazorat mexanizmlari ko‘rsatilgan xarid jarayonining blok-sxemasi;

xavflar va nazoratlar matritsasi;

xarid faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha baholash;

aniqlangan kamchiliklar, qonunbuzilishlar va ularning ehtimoliy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

xarid jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va «Yo‘l xaritasi»;

yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar;

xarid sohasidagi ichki me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar.

 

Hisobot o‘zbek va rus tillarida MS PowerPoint (PDF) formatida taqdim etiladi. Zaruratga ko‘ra natijalar PPTX va PDF formatlarida, shablonlar esa Word formatida taqdim etiladi..

 

Faylni yuklab olish
pdf

Дополнительная навигация по сайту