“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ manfaatdorlik bildirish bo‘yicha arizalar taqdim etish to‘g‘risida so‘rov e’lon qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ manfaatdorlik bildirish bo‘yicha arizalar taqdim etish to‘g‘risida so‘rov e’lon qiladi

 

Topshiriq: Barqaror rivojlanish sohasida nomuvofiqliklar tahlili (fit-gap), ESG hisobotlarini (SASB, IFRS S1/S2) tayyorlash, dekarbonizatsiya dasturini ishlab chiqish, sanoat xavfsizligi, hisobotlarni mustaqil sertifikatlash va ESG reytingini olish.

Loyiha: Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zaro bog‘liqlik va transport sohasini takomillashtirish loyihasi (Connectivity and Transport Sector Improvement Project, P509487).

Raqami: UZ-CTSI-1004-CS-QCBS-UTY-PM-05.

Tanlov usuli: sifat va narx asosida tanlov (QCBS).

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning Guruh korxonalarida ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qiziqish bildirgan konsalting firmalarini taklif qilamiz.

Maslahat xizmatlari kompleks ESG diagnostikasini o‘tkazish, ikki tomonlama muhimlikni baholash (DMA), iqlim bilan bog‘liq risklar va imkoniyatlarni baholash, SASB hamda IFRS S1/S2 standartlariga muvofiq ESG hisobotlarini tayyorlash, issiqxona gazlari chiqindilari inventarizatsiyasini amalga oshirish, dekarbonizatsiya dasturlarini ishlab chiqish, ISO 14001 va ISO 45001 boshqaruv tizimlarini joriy etish, shuningdek, ESG reyting agentligi bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Konsalting firmalariga qo‘yiladigan talablar, qisqa ro‘yxatni shakllantirish mezonlari va ishtirok etish shartlari manfaatdorlik bildirish bo‘yicha so‘rovning to‘liq matnida (REOI) ko‘rsatilgan (fayl ilova qilinadi).

Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 20-noyabr, soat 12:00 gacha (Toshkent vaqti bo‘yicha).

Havolalar:

• Jahon banki veb-saytidagi e’lon:

 

• So‘rovning to‘liq matni (REOI): fayl ilovada.

Texnik topshiriqni yozma so‘rov asosida u.dosmetov@uzrailway.uz elektron pochta manzili orqali olish mumkin.

Aloqa uchun: Dosmetov Ulug‘bek Sultonbay o‘g‘li, Transformatsiya ofisi rahbari.

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

Tel.: +998 71 238 82 22

E-mail: u.dosmetov@uzrailway.uz

Faylni yuklab olish
doc
REOI_ESG_v1_uz.docx 13 Kb 05.11.2026 12:35:23

Дополнительная навигация по сайту