“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi HISOBOT

I.      Umumiy ma’lumot

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2025 yil 3-choragi davomida aloqa kanallari orqali jami 24 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.      Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta;

2.      Farg‘ona viloyati – 3 ta;

3.      Samarqand viloyati – 1 ta;

4.      Sirdaryo viloyati – 2 ta;

5.      Surxondaryo viloyati – 1 ta;

6.      Buxoro viloyati – 1 ta;

7.      Qashqadaryo viloyati – 7 ta;

8.      Xorazm viloyati – 2 ta;

9.      Toshkent shahri – 4 ta;

10. Toshkent viloyati – 1 ta.

 

II.      Ko‘rib chiqish natijalari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2025 yil 3-choragi davomida kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib,                                   1 tasi murojaatchining shaxsiy arizasiga binoan ko‘rmasdan qoldirildi. 1 ta murojaat anonim deb topildi, 7 ta murojaat bo‘yicha xizmat tekshiruvi, 7 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, mualliflarga javob xati taqdim etildi. 3 ta murojaat huquqni muhofaza qilish organlariga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar muallifiga tegishli tushuntirishlar berildi.

III.      Minimallashtirish choralari

Korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib korrupsion xavf- xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar quyidagilardan iborat:

1.    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida jamiyat va uning tizim tashkilotlari mehnat jamoalarida ma’ruza va davra suhbatlari tashkil etish;

2.    O‘tkazilgan o‘rganilishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida qaytarilmasligi yuzasidan tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish;

3.    Jamiyat tashkiliy tuzilmasidagi korxonalarning omborlariga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish, tovar-moddiy zahiralari saqlanadigan joylarda muhr va plombalardan foydalanish;

4.    Ish haqini hisoblashda yuzni tanish (Face ID) tizimi hamda buxgalteriyaning xodimlar bilan hisob-kitob bo‘limining integratsiyasini taʼminlash, mukofotlar to‘lanishida tashkilot ichki hujjatlari hamda yuqori turuvchi rahbariyat buyruqlari ijrosini taʼminlash;

5.    Elektron xarid platformalarida shartnoma tuzishda ularning va texnik topshiriqlarning namunaviy shakllaridan, kontragentlarni tekshirishda ochiq axborot manbalaridan foydalanish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni qat’iy ogohlantirish;

6.    Yuk tashishda buyurtmachilar bilan ishlashda elektron hujjatlar aylanishini joriy etishda dasturiy ta’minot texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish.

Faylni yuklab olish
doc