“Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, 30, 31 avgust hamda 1 sentyabr kunlari “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida 764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan 08:30da;
763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Samarqand temir yo‘l vokzalidan 17:00da harakatini amalga oshiradi. 

IZOH: Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI