
Munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi hamda temir yo‘l vokzallarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida tarqatilayotgan asossiz ma’lumotlar
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ““Afrosiyob” zamonaviy poyezdida Wi-Fi Interneti xo‘jako‘rsinga ekan” kabi asossiz xabarlar tarqatildi.
Ta’kidlash joizki, “Afrosiyob” poyezdlarida Intranet (Internet emas) axborot tizimi joriy etilgani haqida va unga ulanish uchun bor-yo‘g‘i “ikkita qadam”li registrasiya jarayonini amalga oshirish lozimligi haqida batafsil ma’lumotni keng ommaga yetkazish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ijtimoiy tarmoqlari, rasmiy sayti, brifing va qator mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali bir necha bor xabar berganmiz.
Kuni-kecha “Afrosiyob” poyezdiga bir guruh bo‘lib safar qiluvchilar uchun guruh talabnomasiga asosan bitta umumiy chipta rasmiylashtirildi va buyurtmachi ushbu guruhni safarga kuzatish ishlarini tashkil etmagan va qanchadan-qancha odamni sarson qilgani aniq bo‘ldi. Ma’lumki, qo‘lida chipta bo‘lmagan yo‘lovchilar vokzal xududiga kirishlari mumkin emas. Ushbu guruh a’zolariga telefon orqali temir yo‘l kassalarida qat’iy hisobot blankasiga chop etilgan chiptalarning rasmi yuborilgan, bu esa, umuman noto‘g‘ri xarakat. Chunki, telefon orqali faqat shtrix-kodli va QR-kodli elektron chiptalargina qabul qilinadi. Mazkur holat bo‘yicha turli ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ nomiga qator tanqidiy murojaatlar yozildi. Fursatdan foydalanib, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ guruhiy talab asosida yo‘lovchilarga chipta sotib olayotgan buyurtmachilardan bunday xolatlarni oldini olishda jiddiy munosabatda bo‘lishlarini so‘rab qoladi. Korxona va tashkilotlardan guruh bo‘lib sayohatga, yoki xizmat safari bilan poyezdga chiqishda yo‘lovchilar orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida guruh kuzatuvchilari poyezd jo‘nashidan oldinroq temir yo‘l vokzallariga kelishlari hamda kassadan xarid qilingan qat’iy hisobot blankasiga chop etilgan chiptalarning asl nusxasini yo‘lovchilarga berishlari lozim.
Shu o‘rinda, yana bir masalaga alohida e’tibor qaratsak. “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida tashkil etilayotgan yegulik haqidagi ko‘p bora ta’kidlab o‘tilgan. Ma’lumki, ushbu poyezdlarda Toshkent – Samarqand va Toshkent – Buxoro, Toshkent – Karshi yo‘nalishlarda sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun poyezd vagonlari ichida yo‘lovchilarga vagon toifasiga qarab bir martalik bepul yeguliklar berilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, “Bistro” vagonida qo‘shimcha xizmat kursatish, ya’ni qo‘shimcha yegulik xaridi tashkil etilgan va ushbu xarid, chipta narxiga kirmaydi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI