“Sharg‘unko‘mir” AJ xodimlari uchun o‘zbek tili kurslarini tashkil etdi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori hamda “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining 2022-yil 10-oktabrdagi 228-sonli buyrug‘i asosida kadrlarni tayyorlash va takomillashtirish maqsadida "Ishchi xodimlarning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o'rganish bo'yicha o'quv kursi" tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, 134 nafar muhandis-texnik xodimlar mini-guruhlarda darslar olib borilmoqda. Ularga yuqori makali o‘qituvchilar tomonidan tahsil berilmoqda.
Avval xabar qilinganimizdek, joriy yilning oktabr boshida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilov Surxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» AJ ga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ-2727–sonli qarori asosida olib borilayotgan “Sharg‘unko‘mir" AJni modernizatsiya qilish” investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi №711–sonli qaroriga binoan tashkil etilgan "Sharg‘unko‘mir" AJ tarkibidagi “Sharg‘un tikuvchilik sexi” MCHJ, “Sharg‘un mexanika zavodi” MCHJ va “Sharg‘un briket” MCHJ korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Hamda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari v.b. X.Omonov boshchiligida Xitoyning “China Railway Tunnel Group Co. LTD” (CRTG) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu kompaniya “Sharg’unkumir”AJda bosh pudratchi vazifasini bajarib kelmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI