“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni xarid qilish bo‘yicha TAKLIFLAR TAQDIM ETISH CHAQIRUVI
Xarid qilinadigan tovarning nomi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni xarid qilish, shuningdek lokomotivlarni ta’mirlash xizmatlari (ehtiyot qismlar ro‘yxati ilova qilinadi).
Tijorat takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati: 2026 yil 1 iyun, soat 17:00 Toshkent vaqti bilan.
1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati (“Buyurtmachi”) ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularning dilerlari (distribyutorlari), shuningdek potensial yetkazib beruvchilarni lokomotivlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni xarid qilish bo‘yicha muhrlangan elektron yoki konvert shaklidagi tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi.
2. Takliflarni taqdim etish barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) uchun ochiq.
3. To'lov shartlari:
o Rezidentlar uchun: tovarning e'lon qilingan partiyasining 15% oldindan to'lov, qolgan 85% esa yetkazib berishdan so'ng to'lanadi.
o Nerezidentlar uchun: bekor qilinmaydigan, hujjatli, bo‘linadigan va to‘ldiriladigan akkreditiv.
4. To‘lov valyutasi:
o Nerezidentlar uchun – AQSh dollari, Yevro, Rossiya rubli.
o Rezidentlar uchun – milliy valyuta, So‘m.
5. Yetkazib berish shartlari:
o Nerezidentlar uchun – CIP - Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi, INKOTERMS-2020 qoidalariga muvofiq;
o Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish manzili – Sergeli stansiyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, stansiya kodi 723507, "Temiryo‘ltamin" MCHJ tarmoq yo‘liga uzatish bilan, kod 7175;
o Avtomobil transporti orqali – Toshkent shahri, Sergeli massivi, Projeknaya ko‘chasi G-24, "Temiryo‘ltamin" MCHJ ombori.
Rezidentlar uchun – Xaridor omborigacha, Toshkent shahar, Sergeli massivi, Projekt ko‘chasi G-24, DDP – Toshkent shahri, INKOTERMS-2020 qoidalariga muvofiq.
Yetkazib berish shartlari texnik topshiriqda ko‘rsatilgan talablar bilan mos bo‘lishi kerak.
6. Yetkazib berish muddati – texnik topshiriqda belgilangan muddatga asosan.\
7. Tovarlarni yetkazib berishda taqdim etiladigan texnik va boshqa hujjatlar texnik topshiriqda ko‘rsatilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasiga kelgan tovarlarning bojxona tozalash:
o Rezidentlar uchun – Yetkazib beruvchi hisobidan;
o Nerezidentlar uchun – Xaridor hisobidan.
Qo‘shimcha xarajatlar bojxona tozalash jarayonida takliflarni ko‘rib chiqishda hisobga olinadi yoki chiqariladi.
9. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) tijorat taklifi bilan birga kerakli texnik hujjatlarni (TSh va/yoki mahsulotni ishlab chiqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat) taqdim etishlari kerak. Agar ishtirokchi ishlab chiqaruvchi bo‘lmasa, u holda ishtirokchi qo’shimcha dilerlik/distribyutorlik shartnomasini ham taqdim etishi kerak.
10. Ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
· Kontraktni bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslar mavjudligi;
· Soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi;
· Bankrotlikka doir protseduralar yo‘qligi;
· Yagona reyestrda nomuvofiq bajaruvchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligi;
· Ishtirokchilar va ularning xizmat ko‘rsatuvchi banklari xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lmasligi kerak.
Ta’kidlash joizki, Ishtirokchilar texnik topshiriqda ko‘rsatilgan barcha talablarni bajarishlari kerak.
11. Qo‘shimcha ma’lumot olish va Texnik topshiriqni o‘rganish uchun qiziqqan ishtirokchilar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
· "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
· Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi, 7
· Telefon: +998 (71) 237-94-93, +998(71) 238-80-81
· Email: nx.z@uzrailway.uz
12. Ishtirokchilarning takliflari quyidagi manzilga taqdim etilishi kerak: O‘zbekiston, Toshkent, 100060, T. Shevchenko ko‘chasi 7 yoki elektron pochta orqali: nx.z@uzrailway.uz Takliflarni elektron arxiv ko‘rinishda yuborgan Ishtirokchilar login va kalitni taqdim qiluvchi mas’ul shaxsning kontakt ma’lumotlari, ko‘rsatishi lozim (agar taklif faylini ishtirokchi tomonidan shifrlangan bo‘lsa).
Mas’ul shaxsning telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar ko‘rsatilishi kerak.
Faylni yuklab olish
Faylni yuklab olish
Faylni yuklab olish
Дополнительная навигация по сайту
-
2024 yilga mo‘ljallanayotgan
2023 yilga mo‘ljallanayotgan
Foydali havolalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
- O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi
- Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti
- Temir yo‘l transporti kengashi
- O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
- Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi
- Kiberxavfsizlik markazi DUK
- Yagona korporativ axborot portali
- Uzbekistan Тrаdе Info